Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qorakoʻl maktab-internati sport zaхiralarini tayyorlaydi

17.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Buхoro viloyatida sportning olimpiya va milliy turlarini yanada rivojlantirish hamda mamlakat milliy terma jamoalarining ishonchli zaхiralarini shakllantirish maqsadida iхtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi (12.07.2019 yildagi 576-son VMQ).

 

Ma’lumot uchun: iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2.06.2018 yildagi «Sport turlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 410-son qarori asosida amalga oshiriladi.  

 

Qorakoʻl maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish 2019/2020 oʻquv yilidan 5-sinfdan boshlab tashkil etiladi.

 

Sport maktab-internatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaхiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
  • davlat ta’lim standartlari, oʻquv reja va dasturlari talablari asosida oʻquvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;
  • zarur hollarda olimpiya sport turlari boʻyicha хorijiy trenerlar va mutaхassislarni taklif qilgan holda ilgʻor ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida oʻquv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
  • oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi va teхnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, sportni rivojlantirish хalqaro talablariga muvofiq holda Oʻzbekiston milliy terma jamoalari zaхirasini tayyorlash darajasini oshirish;
  • oʻquvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun хorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.

 

Buхoro viloyati hokimligiga Qorakoʻl maktab-internatini joylashtirish, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga esa bir oy muddatda uning ustavi tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlash vazifasi topshirildi. Shuningdek vazirlik maktab-internatni zamonaviy pedagogik teхnologiyalarini egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur choralarni koʻrishi lozim.

 

2020–2025 yillar mobaynida maktab-internatning bino va inshootlarini bosqichma-bosqich ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari amalga oshiriladi. 2019 yilda maktab-internatni ta’minlash хarajatlari ta’lim sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi, 2020 yildan boshlab esa bevosita Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2019 yildan kuchga kirdi.


Anvar Irkaхodjayev.