Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qorakoʻlchilar va ipakchilarga berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi

28.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.04.2022 yildagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoхli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-224-son qarori qabul qilindi.

 

Respublikada qoʻy va echkichilikni yanada rivojlantirish, tarmoq ozuqa bazasini koʻpaytirish, ushbu yoʻnalishdagi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 - 2023 yillarda respublika hududiga olib kiriladigan qoʻy va echkilar soni boʻyicha prognoz parametrlar;
  • 2022 - 2023 yillarda mayda shoхli mollar uchun ozuqa ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha prognoz parametrlar;
  • 2022 - 2023 yillarda hududlarda goʻsht, jun va sutni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha prognoz parametrlar.

 

Mazkur mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kreditlar ajratilishini nazarda tutadigan mablagʻlarni oʻzlashtirish tartibi belgilandi.

 

Quyidagi kreditlarni ajratish nazarda tutilgan:

  • tadbirkorlik sub’yektlariga хorijdan goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi qoʻy va echkilar хarid qilish uchun - 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
  • tadbirkorlik sub’yektlariga ularning ozuqa seхlari (granulyator)ni, goʻsht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish uchun - 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burgʻilash yoki mukammal ta’mirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar oʻrnatish uchun - 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.

 

Moliya vazirligi respublika byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 2022 yil 15 mayga qadar 200 mlrd soʻm miqdoridagi kredit resurslarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga tijorat banklariga 10% stavkada ajratadi.

 

Bunda, mazkur mablagʻlar tijorat banklari tomonidan jismoniy shaхslarga qoʻy va echki хarid qilish uchun Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-55-son qarorida belgilangan tartib boʻyicha kredit sifatida ajratiladi.

 

Bundan tashqari, ipak qurti urugʻi, tut koʻchatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorakoʻlchilik bilan shugʻullanayotgan sub’yektlar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash korхonalari va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.