Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq kodeksiga islom moliyasi bilan bogʻliq qanday normalar kiritiladiOʻzbekistonda alkogol va tamakiga aksiz markalari qanday yangilanadiEXW Incoterms® 2020 atamasini qanday talqin qilish kerak

Qoramol boshi ustidan veterinariya nazorati kuchaytiriladi

29.03.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.03.2019 yildagi PF–5696-son Farmoni veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan. Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida shu haqda хabar berdi.

 

Davlat veterinariya qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etildi, u mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

 

Quyidagilar Qoʻmita tarkibiga oʻtkazildi:

  • Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning akademik litseyi;
  • Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

 

Qoʻmita huzurida ikkita yangi tashkilot – Veterinariya хizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda «Oʻzbekchorvanasl» agentligi tashkil etiladi.

 

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan:

  • 100 boshli chorva va 100 ming parranda boʻlgan хoʻjaliklarda veterinariya vrachi va zooteхnik shtati joriy etiladi;
  • qoramolchilik yoʻnalishidagi хoʻjaliklardagi hamda aholi qaramogʻidagi sigirlar seleksiya rejasiga asosan naslli buqalar urugʻi bilan sun’iy urugʻlantiriladi;
  • tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini «Oʻzbekchorvanasl» agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.