Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Qoraqalpogʻistondagi mahallalarni maхsus jamgʻarma qoʻllab-quvvatlaydi

21.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 13.07.2023 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-228-son qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil etilmoqda; Joʻqorgʻi Kenges Raisi Jamgʻarma raisi etib belgilanmoqda.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi shu yil ichida hududning 452 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining (MFY) har biriga 500 mln soʻmdan mablagʻ yoʻnaltiradi (jami 226 mlrd soʻm);

 

Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish hamda obodonlashtirish ishlarini ta’minlashga oʻz hissasini qoʻshgan tashabbuskor fuqarolar, mahallalardagi koʻchaboshi va uyboshilarni ragʻbatlantirish maqsadida Jamgʻarmaga jami 228 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

 

Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish tartibi quyidagicha belgilanmoqda:

  • loyihalar mahalla raislari tomonidan hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallada yashovchi aholining hududdagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalari umumlashtirilgan holda shakllantiriladi;
  • Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi 5 kun ichida loyihalarni koʻrib chiqib, Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish boʻyicha qaror qabul qiladi;
  • mahalla raislari tomonidan shakllantirilgan va boshqariladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir MFY uchun alohida hisobvaraqlar ochiladi;
  • loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha jarayonlari, jumladan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni sotib olish boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish, amalga oshirilgan ishlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, bajarilgan ishlarni qabul qilish MFY raislari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.