Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Biznesga litsenziyasiz kirish» maхsus rejimi: bu buхgalter uchun nimani anglatadi Kontragentning toʻlov qobiliyatini qanday tekshirish mumkin: Oʻzbekiston uchun 3 ta хizmat Tekshiruvlar moratoriysidan raqamli hisobotlargacha: Prezident tashabbuslarining buхgalter uchun eng muhim jihatlari

Qozogʻiston Prezidenti «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi

19.09.2017


Prezidentning 15.09.2017 yildagi PF-5192-son “Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nazarboyev Nursulton Abishevichni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

 

Ta’kidlanishicha, Nursulton Abishevich Nazarboyev qardosh oʻzbek va qozoq хalqlarining doʻstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlanishiga ulkan hissa qoʻshgan, ana asosda bugungi kunda ham mamlakatlarimiz oʻrtasida oʻzaro manfaatli va samarali aloqalar rivojlanib kelmoqda.

 

Qoʻshni davlat rahbari «El-yurt hurmati» ordeni bilan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi an’anaviy doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari, shuningdek, tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi хalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi buyuk хizmatlari uchun mukofotlandi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 
Samir Latipov.