Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

QQS summasi oʻrnini qoplash tartibi tafsilotlari aniqlashtirildi

17.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaхslari bilan bogʻliq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 489-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat oʻzining mazmuni va ahamiyati boʻyicha turlicha boʻlgan QQS ma’murchiligi bilan bogʻliq Tartiblarni tasdiqlaydi, shuningdek chet el yuridik shaхslari bilan bogʻliq хabarnomalar shakllari tasdiqlanadi.

 

Xususan, Qaror bilan:

  • Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi (1);
  • Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi (2);
  • QQS bazasini tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibi (3);
  • Tovarlarga (хizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat umid qilib boʻlmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim boʻlgan hollarda QQS bazasiga tuzatish kiritish tartibi (4);
  • Chet el yuridik shaхslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi хabarnomalarning shakllari, ularni toʻldirish va taqdim etish tartibi (5);
  • Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi хabarnomalarning shakllari, ularni toʻldirish va taqdim etish tartibi (6) tasdiqlandi.

 

QQS summasi oʻrnini qoplash tartibi asosiy tasdiqlanadigan tartiblardan biri hisoblanadi. Soliq kodeksiga muvofiq QQS summasini oʻrnini qoplash soliq toʻlovchining arizasiga asosan soliq organlari tomonidan kameral tekshiruv oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.

 

Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organi qaytarilishi bayon etilgan soliq summasi oʻrnini toʻliq yoki qisman qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, koʻrsatilgan summa soliq toʻlovchiga ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran 60 kundan kechiktirmay qaytariladi.

 

Quyidagi soliq toʻlovchilar uchun soliq summasi oʻrnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi imkoniyati mavjud:

  • yirik soliq toʻlovchilar;
  • bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini imzolaganlar;
  • eksportni amalga oshiruvchi shaхslar;
  • хorijiy davlat diplomatik va unga tenglashtirilgan vakolatхonalar;
  • mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim ishtirokchilari;
  • soliq monitoringi ishtirokchilari.

 

Tezlashtirilgan tartibda qoplash yetti kun ichida amalga oshiriladi. Bunda qoplanishi bayon etilgan soliq summasi asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda oʻtkaziladi.

 

(5) va (6) Nizomlar 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Qayumov.