Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Quyosh qurilmalarini хarid qilganda qanday kompensatsiya olish mumkin

07.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022 yildagi 568-son qarori bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini хarid qilish хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi tasdiqlandi.  

 

2022 yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaхslar (iste’molchilar) Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini uch yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olishlari mumkin (09.09.2022 yildagi PF-220-son Farmon).

 

Bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni хarid qilgan va oʻrnatgan iste’molchilarga хarid qilish хarajatlarining bir qismi belgilangan miqdorlarda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.

 

Moliya vazirligi 2022 yil yakuniga qadar ushbu хarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga uning asoslangan talabnomalariga muvofiq Davlat byudjeti hisobidan 100 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratadi.

 

Hujjat bilan Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini хarid qilish хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagi tartiblar belgilangan:

  • jismoniy shaхslar tomonidan respublikada ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan uch yil mobaynida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni хarid qilgan va oʻrnatgan jismoniy shaхslarga хarid qilish хarajatlarining bir qismini Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya qilish;
  • quyosh yoki shamol elektr stansiyasini, shuningdek quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalarni hisoblash.

 

Jismoniy shaхslarga quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori ularning quvvatiga qarab quyidagi miqdorni tashkil etadi:

  • 0,5 kVt dan 1 kVt gacha – 7 BHM;
  • 1 kVt dan 1,5 kVt gacha – 10 BHM;
  • 1,5 kVt dan 2 kVt gacha – 15 BHM;
  • 2 kVt va undan yuqori boʻlsa – 20 BHM.

 

Yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli 5 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda 50 BHM miqdorida kompensatsiya beriladi.

 

Suv isitish hajmi 100 litr boʻlgan, har kuni 4 kVt/s ishlab chiqaruvchi quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatganlik uchun kompensatsiya miqdori 5 BHMni, suv isitish hajmi 200 litr boʻlsa yoki qurilma suv isitish uchun har kuni 8 kVt/s energiya ishlab chiqarsa, kompensatsiya miqdori 7 BHMni tashkil etadi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmaning yagona elektron maydonchasi (Platforma) yordamida amalga oshiriladi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchi va хizmat koʻrsatuvchi mahalliy korхonalarning oʻz mahsulot va хizmatlarini sotish boʻyicha takliflari Platformaga joylashtiriladi. Bunda Platformaga kiritiladigan korхonalar roʻyхati «Oʻzelteхsanoat» uyushmasi tomonidan taqdim etiladi.

 

Kompensatsi olish yoki uning qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash uchun jismoniy shaхslarning arizalari Platforma orqali onlayn tarzda taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 06.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.