Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Qurbon hayiti 1 sentyabr kuni nishonlanadi

24.08.2017

 

Prezidentning 24.08.2017 yildagi PQ-3241-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentyabr juma kuniga toʻgʻri keladi hamda  mamlakatimizda ushbu kun bayram sifatida keng nishonlanadi. 

 

Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalari Qurbon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritadi.