Prezidentning 30.05.2025 yildagi «Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida»gi PQ-195-son qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga koʻra, muborak Qurbon hayitining birinchi kuni – 6 iyunda (juma) nishonlanadi.
Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib oʻtkazishi uchun 2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi boʻyicha ishlaydigan хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini milliy an’ana va urf-odatlarga mos holda oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




