Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurbon hayitining birinchi kuni – 21 avgust

16.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 15.08.2018 yildagi «Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida»gi PF–5512-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatiga koʻra, bu yil Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga toʻgʻri keladi. Shuni inobatga olgan holda uni 21–23 avgust kunlari bayram sifatida keng nishonlash haqida qaror qabul qilindi.

 

Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5290-son Farmonida nazarda tutilgan 26 avgust yakshanbani 24 avgust jumaga koʻchirish tartibiga tuzatish kiritildi. 28.12.2017 yildagi PF–5290-son Farmonning 2-bandi 6-хatboshisiga kiritilgan tuzatishlar natijasida dam olish kuni 26 avgust yakshanbadan 22 avgust chorshanbaga koʻchiriladi.    

 

Bu – muhim! Shu tariqa, 25 avgust shanba va 26 avgust yakshanba ish kunlari boʻladi.

 

Adliya vazirligining telegramdagi kanalida хabar berilishicha: 21–23 avgust kunlari haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni, 24–26 avgust kunlari esa ish kuni (keyingi ish haftasini hisobga olganda – 30 avgustgacha, tahr.) hisoblanadi. 6 kun ishlaydiganlar 21–22 avgust kunlari dam oladilar, 23–26 avgust kunlari esa (keyingi ish haftasini hisobga olganda – 30 avgustgacha, tahr.) ishlaydilar.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_