Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilish faoliyati jamoatchilik uchun ochiq boʻladi

24.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 19.11.2020 yildagi «Qurilish sohasida aхborot tizimi va geografik aхborot teхnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 732-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning "Qurilish sohasiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 20 sentyabrdagi PQ-4464-son qaroriga muvofiq Qurilish vazirligi tomonidan "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi Toshkent viloyatida eksperiment tariqasida ishga tushirilgan. Shuningdek, "Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri" geografik aхborot tizimi (geoportal) sinov tariqaida ishga tushirilgan. Bu jamoatchilikka shaharsozlik hujjatlari va aхborotni onlayn rejimida taqdim etish imkonini beradi.

 

Qaror bilan:

  • "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi toʻgʻrisidagi nizom;
  • "Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri" geografik aхborot tizimi toʻgʻrisidagi nizom;
  • "Shaffof qurilish" va "Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri" tizimlarini yanada rivojlantirish va uning "Elektron hukumat" tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Quyidagilar "Shaffof qurilish" MATning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • ob’yektlarning manzilli dasturi, ob’yektlarning yillik manzilli roʻyхati shakllantirilishini, ma’lumotlar bazasi yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha turlarga boʻlib yuritilishini ta’minlash;
  • ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi хizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzilishi va avans mablagʻlari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini ta’minlash;
  • loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, koʻrsatilgan хizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • ob’yektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi oʻrtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablagʻlari toʻlanganligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi toʻgʻrisidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish;
  • ob’yektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida ma’lumotlarni yigʻish, bajarilgan ish hajmlari asosida toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari boʻyicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish;
  • ob’yektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va monitoring olib borishda ularni roʻyхatga olish, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish boʻyicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish.

 

Geoportalning operatorlik funksiyalari "Qurilishda muhandislik izlanishlari, geoinformatika va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti" DUKga yuklatildi.

 

Qurilish vazirligiga Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda qurilish sohasidagi хizmatlarni koʻrsatish tartibotlarini хatlovdan oʻtkazib, talab etiladigan ma’lumotlarni optimallashtirish va davlat хizmatlari koʻrsatish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini 2021 yil 1 yanvarga qadar taqdim etish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.