Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak Bir necha lavozimlarda ishlagan shifokorning tarif stavkasini qanday hisoblash mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin

Qurilish me’yorlarini buzdingmi – jarimaga tortilasan

05.01.2016

Jinoyat kodeksi belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun javobgarlikni koʻzda tutadigan 229-3-modda bilan toʻldirildi. Norma “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan kiritilgan.

 

 

Binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, – 30 dan 50 EKIHgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Aybdor oldin хuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan taqdirdagina uni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin (MJtKning 99-moddasi).

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.