Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilish uchun berilgan kreditni soʻndirishning imtiyozli davri oshirildi

30.12.2015

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 25 dekabrda 1727-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Belgilanishicha, pudrat qurilish tashkiloti tomonidan kreditning soʻndirilishi uchun imtiyozli davr 18 oydan (ilgari – 12 oydan) oshmasligi lozim.

 

Endilikda kredit olish uchun pudrat qurilish tashkiloti ob’yektning roʻyхat kartochkasini taqdim etishi shart emas. Shuningdek aniqlashtirilishicha, kredit olish uchun 1, 2, 4 va 5-sonli shakllarda moliyaviy hisobotlar taqdim etiladi. Ilgari soliq organlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan 1, 2, 2a, 4 va 5-sonli shakllarda moliyaviy hisobotlar taqdim etilardi.

 

Kredit buyurtmanomasini koʻrib chiqish muddati 3 bank ish kunidan (ilgari – 20 bank ish kunidan) oshmasligi kerak. Bank tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda pudrat qurilish tashkilotiga keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan muddatda (ilgari – 5 ish kuni ichida) rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma хulosa yuboriladi.

 

Aniqlashtirilishicha, bankka pudrat qurilish tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan ta’minot turlaridan biri boʻlib qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uydagi kvartiralarning kelajakda sotilishidan tushadigan mablagʻlar garovi (ilgari - qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uydagi kvartiralarning kelajakda sotilishidan tushadigan mablagʻlar garovi, shuningdek qurilish ishlari nihoyasiga yetmay qolganda qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uyga egalik qilish huquqi) hisoblanadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 28 dekabrdagi 51-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.