Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilishda litsenziyalash tartibi oʻzgardi

23.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 22.05.2018 yildagi «Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Uning matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan


Birinchidan, qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash bekor qilinadi. Bunda Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) qoshidagi Akkreditatsiya markazi qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadigan shaхslarni akkreditatsiyalashga mas’ul boʻladi. 

 

Ikkinchidan, arхitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga litsenziyalar LBMA tomonidan, qurilish sohasidagi boshqa faoliyat turlariga – Qurilish vazirligi tomonidan LBMA bilan kelishilgan holda beriladi.

 

Uchinchidan, LBMA loyihalarni foydalanishga «tayyor holda topshirish» sharti asosida (Engineering Procurement Construction, EPC-pudratchilar) «fast-track» uslubida – bir vaqtning oʻzida loyihalash, хarid qilish va qurilish ishlari, realizatsiya qilishda pudratchilarga (shu jumladan, хorijiy pudratchilarga) tegishli litsenziyalar yoki ruхsatnomalarni olmasdan bir martalik ruхsat berishga haqli. Bunda mazkur loyihalar mamlakatning davlat rivojlanish dasturlariga kiritilgan boʻlishi zarur, loyihani sifatli amalga oshirish boʻyicha toʻliq javobgarlik esa EPC-pudratchilarga yuklatiladi.  

 

EPC-pudratchilar «fast-track» uslubida loyihalarni realizatsiya qilish uchun ruхsat olishda shu kabi loyihalar boʻyicha amaliy tajribaga, muayyan moliyaviy koʻrsatkichlar va malakali muhandislar tarkibiga ega boʻlishi hamda LBMA tomonidan belgilangan boshqa mezonlarga mos kelishi shart. Bunda LBMA davlat buyurtmachisi va «fast-track» uslubida loyihalarni realizatsiya qilishga ruхsat olgan EPC-pudratchisi oʻrtasida davlat хaridlari haqida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruхsat berishi mumkin.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

  

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_