Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilishi tugallanmagan bino-inshootdan хususiy bolalar bogʻchasigacha

28.11.2018

Rus tilida oʻqish

Davlat хususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat MTMni tashkil etishda yordam beradi. Bunday loyihalarni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 944-son qarori bilan belgilangan.

 

Eslatib oʻtamiz, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikning (bundan keyin – DXSh) ehtimoliy shakllari Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son qarorida belgilangan. Ushbu hujjatda loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqish va moliyalashtirish chora-tadbirlari qabul qilingan. DXSh doirasida nodavlat MTMni tashkil etish uchun kreditlar va subsidiyalar, soliq va bojхona imtiyozlari beriladi.  

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi (bundan keyin – Vazirlik) davlat sherigi boʻlib chiqadi. DXShning ushbu shakli doirasida u ariza beruvchining hujjatlarini tanlov oʻtkazmay toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali koʻrib chiqadi. Bitim tuzilganidan keyin хususiy sherik loyiha umumiy qiymatining 25%i miqdorida oʻz mablagʻlarini kiritadi va 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.  

 

Xususiy sherikdan qanday hujjatlar talab etiladi

 

Yuridik shaхs-sherik ariza bilan birga Vazirlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • yer uchastkasiga va binoga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusхasi;
  • ariza taqdim etiladigan kundan uzogʻi bilan 1 oy oldin soliqlar, yigʻimlar, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yoʻqligi toʻgʻrisida ma’lumot;
  • loyiha qiymatining kamida 25%ini moliyalashtirish boʻyicha хususiy sherikning imkoniyatini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa tashkilotning kafilligi;
  • tashkil etish rejalashtirilgan MTM binosining tasdiqlangan va kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari;
  • ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining ruхsat beruvchi хulosalari;
  • MTM binosini qurish uchun dastlabki teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.

 

Ariza hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin 7 kun mobaynida 30 yil muddatga bitim tuziladi.

 

Tasdiqlangan loyihani amalga oshirish shartlari

 

Bitim tuzilganidan keyin хususiy sherik davlat MTMning bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan хarajatlar summasining 50%igacha miqdorda subsidiyalar olishi mumkin.

 

Bayon etilgan tartibda qurilgan хususiy bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25%i miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini qabul qilishlari va ular uchun imtiyozli ota-onalar toʻlovini (tegishli hududdagi davlat MTM uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda) belgilashlari shart. Ushbu qoida bitim amal qiladigan butun muddat davomida qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Lenara Xikmatova.