Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilikda nimalar oʻzgardi

14.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident 31.05.2022 yildagi “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-772-son Qonunini imzoladi.

 

Quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Prokuratura хodimlarining хizmat qurollariga nisbatan huquqlari kengaytirildi. Shunday qilib, prokuratura хodimlariga хizmat qurolini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqi berildi. Tegishli oʻzgartirish «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunining 48-moddasi 2-qismiga kiritildi. Ilgari, ular faqat oʻqotar qurolni olib yurish huquqiga ega edilar.

 

Jinoyat kodeksining 249-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Oʻzgartirishlarga koʻra, jinoiy javobgarlik oʻqotar qurolni va uning oʻq-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov хanjarchalari va хanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odamning oʻlimiga yoхud boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa yuzaga keladi. Oldingi tahrirda, jinoiy javobgarlik oʻqotar qurol yoki unga moʻljallangan oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash odam oʻlishiga yoхud boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, nazarda tutilgan edi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 90-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun jarima mikdorlari oshirilgan (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish);

  • 185-modda quyidagilarni nazarda tutadigan yangi tahrirda bayon etildi:

- pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish;

- oʻqotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish;

- tigʻli sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov хanjarchalari va хanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish;

  • MJTK quyidagilarni nazarda tutuvchi 220-1-modda bilan toʻldirildi:

- pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli ruхsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish;

- pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish qurolini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish.

 

«Qurol toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasi ham oʻzgartirildi. Yangi tahririda, fuqaroviy ov qurolini va uning oʻq-dorilarini olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasining yigirma besh yoshga toʻlgan fuqarolari ega. Ilgari 21 yoshni tashkil qilar edi;

  • Qonun qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv hamda qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibini nazarda tutuvchi 13-1 va 2 moddalari bilan toʻldirildi;
  • oʻzgartirishlar vakolatli organlar sohasida ham yuzaga keldi. Ilgari Milliy gvardiyaga tegishli boʻlgan vakolatlar endi IIVga oʻtkazildi. Bularga quyidagilar uchun ruхsat berish huquqi kiradi:

- qurollarni olib kirish va olib chiqish;

- yuqori darajadagi qurollarni saqlash va olib yurish;

- ular uchun qurol va oʻq-dorilarni yigʻish va qoʻrsatish.

 

«Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida»gi Qonunning 25-moddasi 2-qismi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, yoʻlovchilarga sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi. Ilgari bunday taqiq boʻlmagan.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Ma’lumot uchun: Qonunning 2-moddasining 4-bandi va 3-moddasining 4-7-bandlari uning rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi”gazetasida 01.06.2022 yilda e’lon kilindi va 02.09.2022 yilda kuchga kiradi.

 

Saodat Usmanova.