Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurolli Kuchlarda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi

10.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 27.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PQ-5010-son qaror imzolandi.

 

Quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi:

  • Prezidentning 23.08.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3234-son qaroriga 1-ilova, 2-ilova (1);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom (25.12.2018 yildagi PQ-4076-son qaror bilan tasdiqlangan) (2);
  • Prezidentning 28.06.2019 yildagi «Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat хizmati uchun kadrlar zaхirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4375-son qaroriga 1-ilova, 3-ilova.

 

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi hamda Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy boʻlinmalari namunaviy tarkibi yangilandi (1).

 

Nizomning (2) 4-bandiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari huzurida hududiy tibbiy komissiyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻish punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.

 

Shuningdek aniqlashtirilishicha, yigʻish punktlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar va hududiy tibbiy komissiyalar oʻz faoliyatini Prezidentning 6.03.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy хizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4630-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

 

 Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.02.2021 yildan kuchga kirdi.
 

Nargiza Vohidova.