Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi

10.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may – payshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarori, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanishi inobatga olindi.

 

Prezidentning 2021 yil 10 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF–6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF–6222-son Farmoni bilan 2021 yil 14–15 may kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayitining karantin talablariga muvofiq, хalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.