Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoʻshma ta’lim dasturlari ekspertizadan oʻtkaziladi

12.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (6.07.2021 yildagi 421-son VMQ).

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshma ta’lim dasturlarini Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi va faqat ijobiy ekspertiza хulosasiga ega boʻlgan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etishga ruхsat beriladi.

 

Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

I bosqichda хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari oʻtkaziladi;

II bosqichda Oʻzbekiston oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelishilgan muddatlarda qoʻshma ta’lim dasturida oʻqitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni oʻtkaziladi.

 

Bunda:

  • birinchi bosqichda kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning 30%ini toʻplagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda oʻtkaziladigan imtihonda ishtirok etishga haqli boʻladi;
  • ikkinchi bosqichda chet tili boʻyicha kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 30%ini toʻplagan abituriyentlar qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, oʻqishga qabul qilinadi. Chet tili boʻyicha bakalavriatda kamida V1 darajadagi, magistraturada kamida  V2 darajadagi milliy va unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan oʻtkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqich uchun maksimal ball beriladi.

 

Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oʻqishga qabul qilish natijalarini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tashkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining davlat namunasidagi diplomi taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.