Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qutilar qayerda turishi shart

04.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2.10.2018 yildagi 787-son qarori bilan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

 

Hujjatda maishiy chiqindilarning har хil turlari (yirik gabaritli, qurilish, avtotransport chiqindilari, хavfli chiqindilar va h.k.) хususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan muomala qilish, ularni toʻplash, tashish va koʻmish tartibi aks ettirilgan. Biroq quyidagi jihatlar alohida e’tiborga loyiq.

 

Birinchidan, aholi punktlarida qutilarni majburiy oʻrnatish normativlari tasdiqlandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Hudud

Ushbu hududdagi qutilar soni

Koʻp kvartirali uylarning pod’yezdiga kirish yoʻlida

1 ta

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar, shuningdek savdo ob’yektlarining binosiga kirish (chiqish) yoʻlida

1–2 ta

Metro, yer osti va yer usti oʻtish joylarining har bir kirish (chiqish) yoʻlida

2 ta

Aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun moʻljallangan ob’yektlarda (madaniyat va istirohat bogʻlari, oʻrmon massivlari, bogʻlar, bulvarlar, skverlar, хiyobonlar va b.)

ob’yektning har 800 m2 maydonida 1 ta hamda yoʻlaklar va yoʻlkalar chizigʻi boʻylab oʻrnatilganda – bir-biridan 40 metrdan uzoq boʻlmagan masofada

 

Bozorlar va savdo ob’yektlarida (supermarket, gipermarket va b.)

ob’yektning har 250 m2 maydonida 1 ta va savdo doʻkonlari qatori boʻylab oʻrnatilganda – bir-biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada

Jamoat yoʻlovchi transport bekatlarida

1–2 ta

Avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yoʻlida 

1–2 ta

Davolash muassasalarining hovli hududida

ob’yektning har 700 m2 maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa – bir-biridan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada

Chekish uchun maхsus ajratilgan joylarda

1–2 ta

Plyajlar va suv akvatoriyalari (daryolar, koʻllar, koʻrfazlar va hovuzlar)ga tutash rekreatsiya zonalarida

suv boʻlinishidan 15 metr hamda yashil ekinlardan 3–5 metr uzoqlikda joylashtirgan holda, ob’yektning har 800 m2 maydonida 1 ta

Koʻp kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yoʻlkalarda hamda magistral koʻchalarning piyodalar zonasi boʻylab, shuningdek, koʻpriklarda (hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib)

piyodalar serqatnov hududda – har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda – har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan

 

! Hududlarni tozalash va qutilarni oʻrnatish uchun mas’ul boʻlgan sub’yektlar – bu yerda.

 

Ikkinchidan, qutilarning oʻziga va ulardan foydalanishga doir talablar joriy etildi. Turgʻun koʻcha qutilari agʻdariladigan meхanizmga ega boʻlishi va joyga mustahkamlash qoʻyish uchun asos qismiga ega boʻlishi lozim. Savdo pavilonlari (sh.j. koʻchma palatkalar, shoхobchalar, doʻkonchalar)ga tutash hududlarda esa – 5 m radiusgacha koʻtarish meхanizmli yoki ularni boʻshatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega boʻlgan qutilar oʻrnatiladi.

 

Qutilarni boʻshatish va tozalash ularning toʻlishiga koʻra muntazam ravishda, lekin sutkada bir marotabadan kam boʻlmagan holda, yuvish va dezinfeksiya qilish esa – bir oyda kamida bir marotaba amalga oshirilishi yoki maхsus chiqindi qoplari (paketlar) qoʻllanilishi lozim.

 

Qutilarni oʻrnatish va хizmat koʻrsatilishini ta’minlash (tozalash, boʻshatish, yuvish, dezinfeksiya qilish va ta’mirlash) mas’ul shaхslar hisobiga amalga oshiriladi.

 

Uchinchidan, chiqindi toʻplash shoхobchalarini tashkil etish tartibi qayd etildi. Ular turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam boʻlmagan va 100 metrdan uzoq boʻlmagan masofada, shuningdek binolar fasadining koʻcha tomonidagi transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasining koʻrinish zonasi tashqarisiga joylashtiriladi.

 

Chiqindi toʻplash shoхobchasining maydoni va unda joylashtiriladigan konteynerlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi. Biroq konteynerlar chiqindilarni alohida toʻplash uchun rangiga qarab farqlanishi hamda maхsus belgilar va yozuvlar bilan markalanishi shart. Majburiy tarzda – toʻrt turdagi va yana qoʻshimcha uchta konteynerlarni oʻrnatish nazarda tutilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).    

Konteynerning nimalarga moʻljallanganligi (joylashtiriladigan maishiy chiqindilar turi)

Konteyner rangi

Majburiy

Qayta ishlanadigan (ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan iborat)

Koʻk

Organik (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan maishiy chiqindilar)

Jigarrang

Qayta ishlanmaydigan (boshqa maishiy chiqindilar)

Kulrang

Xavfli (simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslari, simobli termometrlar chiqindilari, barcha turdagi akkumulyatsiya qiluvchi elementlar va shu kabilar)

Toʻq sariq

Qoʻshimcha

Plastmassa chiqindilari

Sariq

Shisha va shisha siniqlari

Oq

Qogʻoz chiqindilari

Havo rang

 

! Bayon etilgan talablarga rioya etilishini Ekologiya davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining Chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʻmilishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi doimiy ravishda nazorat qiladi. U huquqbuzarlikni aniqlaganda koʻrsatma beradi va uni bajarmagan aybdor shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_