Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
NHH loyihasi: mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun maqsadli koʻrsatkichlar qanday hisoblanadi PF-95-son Farmon biznes uchun nimalarni oʻzgartiradi: tekshiruvdan oldingi tahlilni oʻzgartirish 2026 yil may oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallar qanday hisoblanadi 2026 yil may oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallar qanday hisoblanadi

Ramazon oyi 17 maydan boshlanadi

14.05.2018

 

Prezidentning 11.05.2018 yildagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga toʻgʻri kelishi ma’lumot uchun qabul qilindi. U 30 kun davom etadi va 15 iyunda tugaydi.

 

Bundan kelib chiqadiki, Mehnat kodeksining  131-moddasiga binoan  dam olish kuni hisoblanadigan «Ramazon hayiti» (Iyd-al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni 16 iyun (shanba)ga belgilanadi.

 

«Qurbon hayiti» (Iyd-al-Adha) va «Ramazon hayiti» (Iyd-al-Fitr) bayramlarini oʻtkazishga yangilik kiritilishi mumkin. Prezidentning 28.12.2018 yildagi PF-5290-son  Farmoniga sharhda aytilishicha, 2018 yildan boshlab ushbu bayramlarda ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin ish kunlariga koʻchirish hisobiga uzluksiz 3 ta dam olish kunini belgilash nazarda tutiladi. Garchi sharhlar normativ tusga ega boʻlmasada, taхmin qilish mumkinki, bayramoldi “Arafa” (15 iyun, juma) yoki bayramning uchinchi kuni (18 iyun, dushanba) ishlanmaydigan kun boʻlishi mumkin.

 

Bu – muhim! «Ramazon hayiti» (Iyd-al-Fitr)ni nishonlash masalasi boʻyicha an’anaviy ravishda Prezidentning alohida qarori chiqadi.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan davlat organlari va jamoat tuzilmalariga Ramazon davrida tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Jahongir Traхonov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_