Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida «kasallik varaqalari» qanday aks ettiriladi Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizom nima uchun qabul qilinmoqda Yuridik shaхs oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni qanday hisobga olishi va toʻlashi kerak

Ramazon oyida kam ta’minlangan fuqarolar qoʻllab-quvvatlanadi

11.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning  03.09.2024 yildagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarori imzolandi.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga asosan 2024 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 11 mart kuniga toʻgʻri kelyapti.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

 Ushbu fazilatli oyda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga alohida e’tibor beriladi.

 

Hujjat «Narodnoye slovo» gazetasida chop etilgan.

 

Lola Abduazimova