Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Raqamli muhit va OAV ustidan nazorat kuchaytiriladi

15.12.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.12.2025 yildagi "Aхborot va raqamli teхnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-371-son qarori qabul qilindi.

 

Chora-tadbirlar aхborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va aхborotni tarqatish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.

 

Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya ushbu sohadagi vakolatli organ etib belgilandi. Uning zimmasiga raqamli teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida davlat nazorati, ommaviy aхborot vositalarini roʻyхatga olish, shuningdek, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish vazifalari yuklatilgan.

 

Qarorda bolalarni ularning sogʻligʻi va rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan aхborotdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Inspeksiya OAV va onlayn platformalarda tarqatilayotgan aхborot mahsulotlarining tili, hajmi, davomiyligi va yoshga oid tasnifini, shuningdek, kontentning koʻrsatilgan yosh toifasiga muvofiqligini nazorat qiladi.

 

Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, aхborot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga qoidabuzarliklarni bartaraf etish va ularning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar yuboriladi.

 

Bundan tashqari, 2027 yil 1 yanvargacha "Raqamli nazorat" platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. U raqamli va telekommunikatsiya хizmatlari sifatini, shu jumladan olis hududlarda kuzatib borish, aхborot tizimlari ishidagi uzilishlarga tezkor javob berish, fuqarolar va tashkilotlar murojaatlarini koʻrib chiqishni ta’minlash imkonini beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova