Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

“Raqamli Toshkent” dasturi qanday joriy etiladi

20.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.07.2020 yildagi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik aхborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 443-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan:

  • “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik aхborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvali tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan, “Raqamli Toshkent” geoaхbarot tizimi shaharning davlat organlari, muassasalari, tashkilotlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari toʻgʻrisidagi aхborotni birlashtiradi. Quyidagilar tizimning vazifalari hisoblanadi:

  • davlat organlari va tashkilotlaridan ma’lumotlarni tezkor yigʻish va ma’lumotlarning samarali almashinuvini ta’minlash;
  • real vaqt rejimida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini monitoring va tahlil qilish;
  • aхborot-tahlil materiallaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanish va ularni tatbiq etish, tezkor tahliliy ma’lumotlardan samarali foydalanish orqali davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish.

 

Nizomda geoaхborot tizimidan foydalanuvchilarning vazifalari belgilangan. Xususan, Toshkent shahar hokimligi:

  • geoaхborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlash ishlarida keng foydalanadi;
  • “Raqamli Toshkent” geoaхborot tizimida ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari jamlanadigan hamda tahlil etiladigan ma’lumotlar roʻyхatini shakllantiradi va ularni taqdim etish davriyligini belgilaydi.

 

Idoralararo aхborot almashinuvi, ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshirish uchun amaldagi avtomatlashtirilgan aхborot tizimlari Elektron hukumat tizimi bilan integratsiyalashtiriladi.

 

Toshkent shahrining geografik aхborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvaliga asosan sektorlar boʻyicha taqdim etiladigan ma’lumotlar belgilandi.

 

Misol uchun, sogʻliqni saqlash sektori boʻyicha bemorlar va boʻsh joylarning umumiy soni, kasalliklarning turlari va soni, tez yordam avtomashinalarining harakatlanish dislokatsiyasi kabi ma’lumotlar taqdim etiladi.

 

Ta’lim tizimi boʻyicha joriy yilda maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda oʻrinlar soni, oʻquvchilar va oʻqituvchilar soni, jihozlanishi va jihozlarga ehtiyoj va boshqalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.