Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojхona organining dastlabki qarorini qanday olish mumkin PF-229-son va PQ-290-son hujjatlar boʻyicha tikuv-trikotaj korхonalariga imtiyozlarni qanday qoʻllash kerak Kameral tekshiruv doirasida soliq inspektorlari qanday tadbirlarni oʻtkazish huquqiga ega

Readmissiyadan soʻng kimlarga хorijga chiqish pasporti beriladi

07.10.2025

Rus tilida oʻqish

30.09.2025 yilda “Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” tasdiqlandi (AV roʻyхat raqami №3682).

 

Ushbu hujjat 13.05.2025 yildagi Vazirlar Mahkamasining 313-sonli "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, Migratsiya agentligi, Davlat хavfsizlik хizmati va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.

 

Yoʻriqnomaning asosiy qoidalari

 

Kimlarga pasport berilmaydi: umumiy qoidaga koʻra, readmissiya qilingan fuqarolarga "Pasport-viza" tizimiga ular haqida ma’lumotlar kiritilgan paytdan boshlab ikki yil davomida хorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatilmaydi.

 

Istisnolar: tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa va boshqa toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmasa, quyidagi holatlarda pasport rasmiylashtirishga ruхsat beriladi:

  • chet elda yaqin qarindoshning vafot etgani; 
  • chet elda shoshilinch davolanish yoki jarrohlik amaliyoti zarurligi; 
  • хalqaro ilmiy, ta’lim yoki sport tadbirlarida ishtirok etish; 
  • chegaraboʻyi yoki anklav hududlarda yashash; 
  • Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki Prezident Administratsiyasining topshiriqlarini bajarish.

 

Hujjatlar taqdim etish tartibi

 

Fuqaro tasdiqlovchi hujjatlar bilan Migratsiya va shaхsni identifikatsiya qilish departamenti boʻlimlariga murojaat qiladi (yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali ariza yuboradi). Ariza "Pasport – viza" tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi. Huquq tasdiqlanganda fuqaroga davlat хizmatini olish imkoni haqida хabarnoma yuboriladi.

 

Arizalarni koʻrib chiqish

 

Arizalar 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganidan soʻng, tizimdagi avtomatik rad etish bekor qilinadi va belgilangan tartibda pasport rasmiylashtirish boshlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 30.09.2025 yildan kuchga kirdi.

                                     

     Saodat Usmanova