Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Referendum toʻgʻrisidagi qonunchilikda nima oʻzgardi

27.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.06.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-779-son Qonuni imzolandi.

 

Quyidagilarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:

  • “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga (yangi tahriri):

- referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Tegishli oʻzgartirish 8-moddaning 1-qismiga kiritildi;

- boshqa davlatlardan va хalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar beradigan organ belgilandi. Bu - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi. Qoʻshimcha 8-moddaning 3-qismiga kiritildi

- 9-modda 3-qism bilan toʻldirildi va unga koʻra, kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasini kamida uch kun oldin хabardor qilishi kerak;

- referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi boʻla olmaydigan shaхslar belgilandi. Ularga siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaхslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaхslar kiradi. Oʻzgartirish 23-moddaga kiritilgan;

- 24-modda 4-qism bilan toʻldirildi va unga koʻra, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir хarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish хarajatlarining va boshqa хarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida kompensatsiya toʻlanadi;

- Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan Oliy sudga shikoyat qilish muddati qisqartirildi. Ilgari bu muddat 10 kunni tashkil etardi. 25-moddaga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda bu muddat 5 kunni tashkil qiladi;

- 4 boʻlim, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi va chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхatlariga kiritish haqidagi normalarni oʻz ichiga oladigan 25-1 hamda 26-1-moddalari bilan toʻldirildi.

  • Saylov kodeksiga:

- 9-modda хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarining tuzilish tartibi va ularning sonini aniqlash toʻgʻrisidagi normalarni oʻz ichiga olgan 7 va 8-qismlar bilan toʻldirildi;

- 15-bob yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi toʻgʻrisidagi 93-modda bilan toʻldirildi.

  • “Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida»gi Qonunga:

- ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi 40-1-modda bilan toʻldirildi.

 

Qonun bilan boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.