Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Reklama joyi pasporti YaIDXP orqali beriladi

07.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023 yildagi «Tashqi reklama va ijtimoiy aхborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 428-son qarori qabul qilindi. 

 

2023 yil 1 dekabrdan:

  • reklama joyi pasportini shakllantiruvchi «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda;
  • auksion natijalari boʻyicha toʻlov hamda reklamani joylashtirish uchun yigʻim oʻrniga miqdori ochiq elektron auksion orqali aniqlanadigan yagona har oylik yigʻim kiritilmoqda;
  • reklama joyi pasporti va uni davlat mulki ob’yektlarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma auksion gʻolibiga avtomatik tarzda «E-auksion» platformasi orqali ommaviy oferta shaklida yuboriladi;
  • reklama joyi pasporti YaIDXP orqali beriladi.

 

Amal qilish muddati koʻrsatilmagan reklama joyi pasportlari uchun muddat 2024 yil 1 dekabrga (bino va inshootlar uchun) va 2030 yil 1 dekabrga (yer uchastkalari uchun) qadar etib belgilanmoqda. 

 

Shuningdek ijtimoiy reklama monitoringi boʻyicha komissiya tuzilmoqda, uning raisi – Bosh vazir, ishchi organ sifatida Prezident Administratsiyasi huzuridagi AOKA belgilanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.09.2023 yilda kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev