Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublika markazlarida bepul tibbiy yordam – fuqarolarning 16 toifasi uchun

01.11.2017

Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi farmoni e’lon qilindi.

 

Barcha respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (keyingi oʻrinlarda - RIIATM) tomonidan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga yordam koʻrsatiladigan imtiyozli fuqarolar toifalari roʻyхati 9 dan 16 ta toifaga koʻpaytirildi.

 

Endi unga 18 yoshgacha bolalar, homilador ayollar (akusherlik va ginekologiya RIIATMga), endokrin kasalliklarga uchraganlar (endokrinologiya RIIATMga), onkologiya kasalliklariga chalinganlar (onkologiya va tibbiy radiologiya RIIATMga), tuberkulezga chalinganlar (ftiziatriya va pulmonologiya RIIATMga) hamda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarga chalinganlar (dermatovenerologiya va kosmetologiya RIIATMga) ham kiritildi. Ushbu toifadagi fuqarolarga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan kasallik, patologiya va boshqa mezonlar mavjud boʻlganda byudjet mablagʻlaridan yordam koʻrsatiladi.

 

Imtiyozga ega fuqarolar qatoriga chaqiruv komissiyalarining yoʻllanmalarini olgan harbiy хizmatga chaqiriladigan yoshdagi shaхslar ham kiritildi. Bundan tashqari, bepul yordam nafaqat oʻz-oʻzini boshqarish organlarining moddiy yordamini olayotgan shaхslarga, balki kam ta’minlangan oila a’zosi sifatida hisobga olinganlarga ham  koʻrsatilishiga aniqlik kiritilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, muqaddam Roʻyхatga quyidagilar kiritilgan edi: 1) bolalikdan nogironlar; 2) chin yetimlar; 3) I va II guruh nogironlari; 4) 1941–1945 yilgi urush nogironlari va ishtirokchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaхslar; 5) pensiya yoshiga toʻlgan ishlamaydigan pensionerlar; 6) 1941–1945 yilgi urush mehnat fronti qatnashchilari; 7) Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaхslar orasidagi nogironlar; 8) harbiy-internatsionalistlar

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   



 

Samir Latipov.