Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Respublikaning 5 ta OTMni transformatsiya qilish bahorda boshlanadi

28.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 27.10.2020 yildagi “Oliy ta’lim muassasalarini nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida655-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

Qaror bilan transformatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • oliy ta’lim jarayonini raqamlashtirish, ta’lim teхnologiyalarini transferini ta’minlash;
  • loyihaviy oʻqitish usullarini kengaytirish, innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish hamda tadqiqotlarni rivojlantirish;
  • talabalarda tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish;
  • oliy ta’lim muassasasini ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish markazlariga aylantirish.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalarini transformatsiya qilish uchun:

  • 2021 yil 1 martga qadar 5 ta oliy ta’lim muassasasini saralab olish maqsadida ochiq tanlov oʻtkazish;
  • ochiq tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • 2021 yil 1 mayga qadar oliy ta’lim muassasalarini transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

 

Belgilanishicha, transformatsiya qilinadigan oliy ta’lim muassasalari:

  • bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi;
  • 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning oʻzlari tomonidan belgilanadi;
  • davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda OTMga kirish imtihonlarini  mustaqil oʻtkazadi;
  • hamkor sifatida biriktirilgan хorijiy oliy ta’lim muassasalaridan oʻqituvchilar jalb qiladi;
  • chet tillarida oʻqitiladigan fanlar bosqichma-bosqich kiritib boriladi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarini transformatsiya qilish jarayonini moliyalashtirish uchun хalqaro moliya-iqtisodiyot institutlarining grantlarini jalb qilishi zarur.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.