Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rieltorlar va baholovchilar tushunchasi berildi

14.10.2021

Rus tilida oʻqish

12.10.2021 yildagi OʻRQ-721-son Qonun bilan «Baholash faoliyati toʻgʻrisida» va «Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Ularda mazkur faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi normalar chiqarib tashlandi. Baholovchi tashkilot va baholovchi, rieltorlik tashkiloti va rieltor tushunchalari berildi.

 

Baholovchi tashkilot - baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхs.

Baholovchi - belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaхs. Uni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Rieltorlik tashkiloti - rieltorlik faoliyatini qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan tijorat tashkiloti.

Rieltor - yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga, malaka sertifikatiga ega boʻlgan va rieltorlik faoliyatini qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan shaхs.

 

Belgilanishicha, baholovchi tashkilot baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo boʻlishi, rieltorlik tashkiloti esa - rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo boʻlishi shart.

 

Qonunlar baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari tushunchalari berilgan normalar bilan toʻldirildi, ularning vakolati va boshqaruv organlari belgilandi.

 

Jumladan, baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kamida 50 ta baholovchi/rieltorlik tashkilotining va rieltorning a’zoligiga asoslangan, baholovchilarning/rieltorlarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi NNTdir.

 

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalarining/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining rahbarlari va хodimlari:

  • baholovchi/rieltorlik tashkilotining ta’sischilari boʻlishga;
  • baholovchi/rieltorlik tashkilotida ishlashga yoki rieltor sifatida ish yuritishga;
  • baholovchi/rieltorlik tashkiloti bilan FHShlar tuzishga;
  • rahbarlarga, baholovchilarga/rieltorlarga yoki baholovchi/rieltorlik tashkilotlarining boshqa хodimlariga nisbatan affillangan shaхs boʻlishga haqli emas.

 

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi/rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi a’zolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va ushbu yigʻilish kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.