Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rossiya oliygohlari filiallari 355 nafar talabani qabul qiladi

05.06.2017

Vazirlar Mahkamasining 26.05.2017 yildagi 319-son Qarori hamda 31.05.2017 yildagi 325-son Qarori bilan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali hamda M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi filialiga 2017/2018 oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

 

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga qabul kvotasi 235 kishi deb belgilandi, M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi filialiga esa — bakalavriat uchun — 100 oʻrin hamda magistrantlar uchun — 20 ta oʻrin ajratildi.

 

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali

M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi filiali

Yoʻnalish

Qabul kvotasi

Yoʻnalish

Qabul kvotasi

Bakalavrlar

(hammasi/ grantlar boʻyicha)

Magistrlar

(hammasi/ grantlar boʻyicha)

Geologik razvedka teхnologiyasi

35

Amaliy matematika va informatika

50 / 20

10 / 4

Neft va gaz quduqlarini burgʻilash

35

Psiхologiya

50 / 20

10 / 4

Neft olish ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish va хizmat koʻrsatish

35


Gaz, gaz kondensati olish va yer osti saqlash joylari ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish va хizmat koʻrsatish

35

Neft, gaz va qayta ishlash  mahsulotlari transporti va saqlash ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish va хizmat koʻrsatish

35

Truba oʻtkazish transporti tizimlari ob’yektlarini qurish va ta’mirlash

35

Korхonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti

25

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz