Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Roʻyхatdan oʻtmasdan tadbirkorlik bilan shugʻullanganlik uchun yillik soliq har oyning 10-sanasigacha qoplanadi

14.03.2018

 

Moliya vazirligi va DSQning qarori (12.03.2018 yilda 2463-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaхslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaхslar tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holatlarini aniqlash bilan soliq organlari shugʻullanadi. Huquqbuzarlar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etiladi.

 

Huquqbuzar tadbirkorlik faoliyatini noqonuniy amalga oshirish holati aniqlangan sanadan boshlab 30 kun ichida qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini toʻlashi shart. Buning muqobil varianti ham bor – ushbu muddat davomida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtishi lozim. Shunda qat’iy belgilangan soliq boʻyicha hisoblangan soliq majburiyatlari summasini har oy teng ulushlarda 12 oy davomida toʻlash mumkin boʻladi. Oʻzgartirishlarga muvofiq, endi oylik toʻlovlar har oyning 10-sanasidan kechiktirmay amalga oshiriladi (ilgari – 25-sanasigacha edi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.