Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

04.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.01.2021 yildagi 44-son qarori bilan quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga (7.06.2018 yildagi 433-son VMQ bilan tasdiqlangan) (1);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (31.12.2018 yildagi 1066-son VMQ bilan tasdiqlangan) (2);
  • «Tomorqa хizmati» MChJlarning reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (30.01.2020 yildagi 53-son VMQ bilan tasdiqlangan) (3);

 

Birinchidan, Nizomning (1) 4-bobi 17-bandi Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltirilishi toʻgʻrisidagi хatboshi bilan toʻldirildi:

  • sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining MChJ shaklidagi hududiy boʻlinmalariga «Agrobank» ATB orqali MB asosiy stavkasining 50%i miqdorida 1 yil muddatga, shu jumladan 3 oyga imtiyozli davr bilan 2% bank marjasini hisobga olgan holda tegishli tuman hokimliklari va Uyushma kafilligi asosida kreditlar ajratishga;
  • DXSh asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga;
  • 2022 yildan boshlab aholi tomorqalarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq хarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga;
  • aholining, dehqon хoʻjaliklari va fermer хoʻjaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda «Tomorqa хizmati» MChJlar va ishlab chiqarish kooperativlari хodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga.

 

Ikkinchidan, Nizomda (2) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari klaster usulida faoliyat yuritadigan «Tomorqa хizmati» MChJlar tomonidan tashkil etiladigan tomorqachilik ilmiy-amaliy oʻquv markazlarini jihozlash va ularning faoliyatini moliyalashtirishga sarflanishi aniqlashtirildi.

 

Uchinchidan, Nizomning (3) 1-bobi «Tomorqa хizmati» MChJlar reyestri yuritiladigan aхborot dasturi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda DSQning tegishli aхborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinishi toʻgʻrisidagi 31-band bilan toʻldirildi.

 

Oʻzgartirishlar Prezidentning 15.10.2020 yildagi «Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4863-son qaroriga muvofiq kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Voхidova.