Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Sabzavotlarni avtotransportda eksport qilish – istisno tarzida

19.10.2015

Vazirlar Mahkamasining 9.10.2015 yildagi 288-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 28.08.2015 yildagi 249-son qaroriga qoʻshimchalar kiritildi.

 

Eng muhimi haqida qisqacha! 2016 yilning 1 yanvariga qadar bir qator yuridik shaxslarga meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) avtotransportdan foydalangan holda eksport qilishni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

 

 

Eslatib oʻtamiz, 2015 yil 1 sentyabrdan boshlab meva-sabzavot mahsulotlarini (TIF TN kodi 07-08) eksport qilish faqat temir yoʻl va havo transportida amalga oshiriladi.

 

 

 

Respublikaning ichki bozorida mevalar, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzumdan, shu jumladan dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish, shuningdek eksportga yetkazib berishni tashkil etish masalalarini hal etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori1 bilan tashkil qilingan Ishchi guruh 2016 yil 1 yanvarga qadar avtotransport vositalaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum eksportini amalga oshiradigan yuridik shaxslar roʻyxatini uch kun muddatda tasdiqlashi kerak.

 

 

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA

tayyorladi. 

 

 

1 VMning “2015 yilda myeva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum ishlab chiqarish va foydalanishning prognoz parametrlari toʻgʻrisida”gi 4.12.2014 yildagi 334-son qarori.