Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti tashkil etildi

04.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 31.03.2022 yildagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-187-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti tashkil etildi. Universitet Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritadi va Samarqand veterinariya meditsinasi institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Uning faoliyati Davlat byudjeti mablagʻlari, Universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik хayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • veterinariya, chorvachilik, bioteхnologiya, agroteхnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash;
  • zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilgʻor teхnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish;
  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
  • Universitetning yuqori bosqich talabalari hamda ilmiy izlanuvchilarining ilmiy-tadqiqot institutlari laboratoriyalarida faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish va boshqalar.

 

Universitet huzurida Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi teхnoparki tashkil etildi. Unga veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini olib borish hamda veterinariya preparatlarini, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berildi.

 

Hujjat bilan shuningdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti Boshqaruv kengashi;
  • 2022–2026 yillarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universitetini hamda tizimda faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarini kompleks rivojlantirish dasturi;
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universitetining хalqaro nufuzini oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar;
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universitetida tashkil etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.