Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqand viloyati: yangi yoʻllar, suv ombori va sement zavodi

20.05.2019

Rus tilida oʻqish

Mazkur mintaqadagi qurilish ishlariga doir Vazirlar Mahkamasining uchta qarori qabul qilindi (2019 yil 17 maydagi 412, 413, 415-son).

 

Kattaqoʻrgʻon tumanida 340 mln AQSh dollarilik sement ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Buning natijasida 600 ta ish oʻrni yaratiladi. Loyiha doirasida  “Hengyuan cement” QKga  2021 yil 1 yanvarga qadar qator soliq imtiyozlari taqdim etiladi.

 

Bulungʻur suv omborini qurish rejalashtirilayotir, u 2021 yil 1 iyulgacha foydalanishga topshiriladi. Loyihaga doir asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar tasdiqlandi. Uning umumiy summasi 46 mln AQSh dollaridan ortiq. Qurilish yakuniga koʻra 51 ta ish oʻrni yaratiladi.

 

Shuningdek, 2019-2022 yillarda quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllari (uzunligi 103 km), barpo etiladigan tonnel va koʻpriklarning manzilli roʻyхati tasdiqlandi. Buning uchun 2,7 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2019 yildan kuchga kirdi.