Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish uchun - $30 mln

23.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.09.2021 yildagi “Samarqand viloyatida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-5249-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) $30 mln miqdoridagi kreditni ajratadi. U 5 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 3% stavka boʻyicha ajratiladi.

 

Samarqand viloyati hokimligi kreditdan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi. Kreditni qoplash va хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlar Samarqand viloyatining mahalliy byudjeti qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

 

Samarqand viloyati hokimiga bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli roʻyхatlarini tasdiqlash topshirildi.

 

Shuningdek, belgilanishicha, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Samarqand viloyati hokimligiga ajratilgan kreditning 2021 yilda soʻndiriladigan asosiy qismi Prezidentning 2018 yil 16 martdagi PQ-3608-son qaroriga muvofiq 2022 yilga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.