Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Samolyot bortida fotosuratga va video tasvirga olish taqiqlandi

18.01.2016

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 yanvarda 2416-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi.

 

Hujjat bilan yoʻlovchi tomonidan havo kemasi bortida turib fotosuratga va video tasvirga olishga taqiq oʻrnatildi.

 

Eslatib oʻtamiz, yoʻlovchi havo kemasi ichida quyidagilarni amalga oshirishi taqiqlanadi:

 

giyohvand moddalarni, tamaki mahsulotlarini (nosvoy va boshqalarni ham) iste’mol qilishi, shuningdek elektron sigaretlardan foydalanishi;

 

tashuvchi tomonidan iste’mol qilish uchun taklif qilingan belgilangan me’yordan tashqari, shuningdek boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan sotib olingan alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishi;

 

uchuvchilar kabinasiga kirishi;

 

havo kemasi ekipaji a’zolarining хizmat vazifalarini bajarishlarida ularga toʻsqinlik qilishi yoki ularning ishlariga aralashishi;

 

havo kemasining yurish, koʻtarilish va qoʻnish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanishi;

 

havo kemasining mol-mulkini (pledlar, yostiqlar, idish-tovoqlar, oshхona jihozlari, elektron vositalar, qutqarish nimchalari va boshqalarni) olib ketishi va shikastlashi;

 

jamoat tartibini buzishi va zaruratsiz atrofdagilarni bezovta qilishi;

 

havo kemasi ekipaji a’zolarining tegishli koʻrsatmalarisiz avariya-qutqaruv jihozlarini ishlatishi;

 

havo kemasi ekipaji a’zolarining ruхsati yoki koʻrsatmalarisiz boshqa joylarga oʻtirishi.

 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 18 yanvardagi 2-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.