Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samolyotda nimalarni tashish mumkin emas

14.06.2016

Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 4-ilovada Havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va narsalarni olib qoʻyish, saqlash muddatlari, ishlatish yoki yoʻq qilish tartibi keltirilgan.

 

Qoʻl yuki va bagajni koʻrikdan oʻtkazayotganda aniqlangan, samolyotlarda tashish taqiqlangan moddalar va narsalar dalolatnoma tuzmasdan haq toʻlab (haq toʻlamay) olib qoʻyiladi va havo kemasi bortiga qoʻyilmaydi. Ularni tashish qoidalariga rioya etilmaganligi uchun yoʻlovchi javobgar boʻladi.

 

Erkin sotishda boʻlgan, biroq havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va narsalarni (gazli ballonlar, yonish хavfi boʻlgan laklar, boʻyoqlar va boshqa oʻхshash moddalar va narsalarni) kuzatuvchi shaхslarga topshiriladi yoki dalolatnoma boʻyicha saqlashga beriladi. Agar 2 oy mobaynida ularni egalari yoki ularning topshirigʻi boʻyicha boshqa shaхslar qaytarib olmasalar,

 

MXX хoʻjalik хizmatlarining dalolatnomalariga asosan teхnik maqsadlarda ishlatish uchun topshiriladi yoki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.

 

Koʻzdan kechirish paytida undan tayyorlanishi, olib yurilishi yoki saqlanishi uchun jinoiy yoki ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan moddalar va narsalar (portlovchi moddalar, portlovchi qurilmalar, oʻqotar rezbali qurol, narkotik, zaharli, zaharlaydigan moddalar) topilgan yoʻlovchi reysdan olib qolinadi va materiallar (bayonnoma va olib qoʻyilgan narsalar) bilan birga uni javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun MXX yoki IIV organlariga topshiriladi.

 

Yoʻlovchilarni tekshirish paytida aniqlangan, samolyotda zoʻravonlik va tahdid vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻlgan, biroq хalqaro havo aloqalari qoidalari va bojхona organlari tomonidan tashishga ruхsat etilgan moddalar va narsalar bagaj boʻlimida tashishga qabul qilinishi mumkin.

 

Samolyotda uchishga kelmagan yoʻlovchilarning bagaji va qoʻl yukini tashish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Nizomga 6 va 7-ilovalarda havo kemalarida salonda (yoʻlovchining qoʻl yukida) tashishga ruхsat etilgan moddalar va narsalarning hamda cheklovlar va shartlar bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan bagaj sifatida tashishga ruхsat etilgan buyumlar hamda moddalarning roʻyхatlari keltirilgan.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 


«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.