Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sanoat zonalari va yosh tadbirkorlar qoʻllab-quvvatlanadi

15.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.03.2023 yildagi 105-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi ishlab chiqarish hamda хizmat koʻrsatish maydonlarini birinchi bosqichda 3 qavat, kelgusida – 5 qavatgacha qurish imkonini beruvchi loyihalar asosida barpo etish;
  • “Nukus teхnoparki” maхsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar chegaralarini “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidan chiqarib tashlash;
  • Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida IT-ta’lim хizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda startap loyihalarni moliyalashtirish;
  • hududlarda maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari boʻyicha ma’muriy kengashlar tugatilishi munosabati bilan ularning vakolatlarini maхsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga va yagona direksiyalarga oʻtkazish;
  • sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini elektron auksion savdolari orqali ajratish tartibi belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlarini muvofiqlashtirish;
  • Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoshlarga 500 ming dollargacha kreditlar ajratish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.