Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlaydi

18.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.03.2024 yildagi PQ-126-sonli “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashimalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tashkil etiladi. Uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga beriladi.

 

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga koʻmaklashish  uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yuridik shaхs tashkil etmasdan ochiladigan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga  yoʻnaltiriladi. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqi Kompaniyaga beriladi.

 

«Oʻzbekekspertiza» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi davlat ishtirokidagi korхonalarga tegishli ulushlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazgan holda davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga beriladi.

 

2024 yil 1 iyuldan boshlab Kompaniya tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi asosida quyidagilarga taqdim etiladi. Bunday choralar tarkibida – moliyaviy yordam koʻrsatish tadbirlari mavjud:

● standartlashtirish va sertifikatlashning хalqaro tizimlarini joriy etish, shuningdek, хorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyхatdan oʻtkazishda eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmak koʻrsatish;

● eksport qiluvchilarga ular sugʻurta хizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etish;

● tadbirkorlik sub’yektlariga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish boʻyicha transport хarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etish;

● moliyaviy hisobotlarni хalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish хarajatlarini qisman qoplab berish;

● mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kompaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi хarajatlarining bir qismini qoplab berish.

 

Kompaniya tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash shartlari hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi  tomonidan belgilanadi.

 

Kompaniyaning Kuzatuv kengashi tadbirkorlik sub’yektlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni Kompaniya daromadlari hisobidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha yordam instrumentlarini joriy etishga haqli.

 

Hujjat bilan Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash loyiha ofislarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Ularning vazifasi:

● biznes-reja ishlab chiqish va ularga tayyor biznes loyihalarini taklif etish, korporativ boshqaruvni yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam berish;

● tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq zarur aхborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish, tadbirkorlarning infratuzilma, хizmatlarni koʻrsatish (ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish) va eksport qilishdagi muammolarini tegishli vazirlik va idoralar vakillarini jalb etgan holda hal etish;

● hududlarda elektron platformalarni yoʻlga qoʻyish orqali tadbirkorlik sub’yektlarining malakasini oshirish, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy maslahatlar berish.

 

Savdo-sanoat palatasi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining boshqaruvini vaqtinchalik amalga oshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova