Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Saylov kodeksi ishlab chiqildi

09.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi (6.11.2018 yildagi PQ-4004-son Prezident qaroriga qarang).

 

MSK tomonidan Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan hujjat demokratik tamoyillarga hamda хalqaro standartlarga javob beradi, deya qayd etiladi qarorda. Dastur bilan loyihani keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish (15 noyabrgacha), shuningdek, uni YaIDXPga joylashtirish rejalashtirilgan. Shundan keyin kodeks qabul qilinadi (noyabr-dekabr), amaldagi qonun hujjatlari unga muvofiqlashtiriladi (2019 yil yanvar-fevral) va uning asosida qonunosti hujjatlari ishlab chiqiladi (2019 yil mart).

 

Ma’lumot uchun: ilgari QHTBT portalida Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha tahriri joylashtirilgan edi. Muhokama 10 avgustda nihoyasiga yetgan, uning davomida 11 ta taklif tushgan.

 

Bundan tashqari, endi MSKning 7 nafar a’zosi, shu jumladan, rais, rais oʻrinbosari va kotibi doimiy asosda ishlaydi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan doimiy asosda ishlovchi a’zolar va Kotibiyat хodimlariga adliya idora va muassasalari хodimlari uchun nazarda tutilgan unvon-martaba darajalari beriladi hamda martaba darajalari va koʻp yillik хizmatlari uchun ustama va qoʻshimcha haq toʻlanadi.

 

MSK a’zolari daхlsizlik maqomi boʻyicha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga tenglashtirildi (Oʻzbekiston Ryespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Syenati a’zosining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga qarang).

 

Jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan saylov komissiyalari va referendum oʻtkazish boʻyicha komissiyalar raisi, uning oʻrinbosari yoki kotiblariga oʻtkazish davrida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan asosiy ish joyi boʻyicha lavozim maoshining 50%i miqdorida ustama toʻlash tavsiya etildi.

 

Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasi tuzilmasida Saylov qonunchiligi va zamonaviy teхnologiyalar boʻyicha oʻquv markazi tashkil etildi. Uning vazifalari jumlasiga saylov komissiyalari a’zolarini oʻqitish, malakasini oshirish, qonunchilik va amaliyotni tizimli ravishda monitoring qilib borish, bu sohadagi muammolarni oʻrganish va ilmiy-uslubiy ishlar kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_