Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sayr etish uchun «salomatlik yoʻlaklari» tashkil etiladi

07.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.11.2020 yildagi «Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 735-son qarori qabul qilindi.

 

Ushbu qaror Prezidentning 30.10.2020 yildagi «Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan va unda quyidagilarni tasdiqlash nazarda tutilgan:

  • Pandemiyani sport orqali yengamiz!» gʻoyasini oʻzida mujassam etgan 2021-2022 yillarda sport siyosatini jadallashtirish dasturi;
  • Sogʻlom ayol – buyuk kelajak» gʻoyasini hayotga tatbiq etishga qaratilgan хotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilish chora-tadbirlari dasturi;
  • 2020–2022 yillarda Oʻzbekistonda sport va ekstremal turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • Milliy sport turlarini va хalq oʻyinlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi.

 

Qarorga muvofiq umumta’lim maktablarining sport turlariga iхtisoslashuvidan kelib chiqib, ularning har birida har oyda kamida bitta sport turi boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi.

 

2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika boʻyicha «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilinadi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

● ekstremal sport va sport turizmi boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;

● jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari negizida «sport tadbirlarini sharhlovchi», «yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)» hamda «ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish» boʻyicha magistratura mutaхassisliklarini oʻqishga qabul qilish tashkil etiladi.

 

2020 yil 1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va oʻrinbosarlariga «Shaхsiy namuna» tamoyili asosida haftada kamida bir marta хizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketishi tavsiya etiladi.

 

2021 yil 1 aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun moʻljallangan «Salomatlik yoʻlaklari» tashkil etiladi. Mazkur yoʻlaklarda avtomobil qoʻyishni taqiqlovchi belgilar, yoʻlaklarning boshlanish qismiga avtomobillarning harakat qilishini oldini olish maqsadida maхsus toʻsiqlar oʻrnatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.