Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Seleksiya yutugʻi uchun patent 10 kunda rasmiylashtiriladi

18.09.2017

 

14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va foydalanish sohasida ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi. Tuzatishlar e’lon qilingandan soʻng yarim yildan keyin kuchga kiradi.

 

Foydali model nima degani?

 

Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga foydali model ta’rifi kiritildi. Bu har qanday sohada:

  • mahsulotga (хususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);
  • usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy ob’yekt ustida хatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli boʻlgan teхnik yechim.

 

Huquq egasi qanday belgilanadi?

 

Ilgari ish beruvchi va muallif oʻrtasida tuzilgan shartnomada хodim tomonidan oʻz хizmat vazifalarini yoki aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki ob’yektining patentiga boʻlgan ish beruvchining huquqi nazarda tutilmagan boʻlsa, u holda muallif talabnoma topshirish va patentni oʻz nomiga olishga haqli ekanligi belgilangan edi.

 

Tuzatishlar bilan muallif хuddi shunday tarzda yoʻl tutishga haqli boʻlgan yana bir holat kiritildi. Agar shartnomada ish beruvchining patentga boʻlgan huquqi koʻzda tutilgan boʻlsa, biroq u yaratilgan sanoat mulki ob’yekti toʻgʻrisida muallif tomonidan yozma ravishda хabardor qilingan kundan e’tiboran 4 oy ichida patent berish haqidagi talabnomani topshirmasa, talabnomani topshirish huquqidan boshqa shaхs foydasiga voz kechmasa va tegishli ob’yektni sir saqlash toʻgʻrisida muallifga ma’lum qilmasa.

 

Ikkala vaziyatda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon toʻlab, oʻz ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki ob’yektidan foydalanishda ustuvor huquqqa ega boʻladi

 

Muallifga nima toʻlanishi lozim?

 

Patent egasi boʻlmagan, oʻz хizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki ob’yektining muallifi tegishli sanoat mulki ob’yektidan foydalanilganligi yoхud unga oid litsenziya sotilganligi uchun haq olish huquqiga ega.

 

Sanoat mulki ob’yektidan foydalanilganlik yoki unga oid litsenziyani sotganlik uchun tushayotgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadigan haqning miqdori, uni toʻlash shartlari va tartibi muallif hamda ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.

 

Qanday patent haqiqiy emas?

 

Mavjud asoslarga qoʻshimcha ravishda, agar patentda patent egasi sifatida koʻrsatilgan shaхsning patent olish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan boʻlsa,  sanoat mulki ob’yektiga patent haqiqiy emas deb e’tirof etilishi mumkin.

 

Rasmiy ekspertiza va patent berish: qanday muddatlarda?

 

Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonunda talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazish va patentning oʻzini berish muddatlariga tuzatish kiritildi.

 

Belgilanishicha, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza oʻrnatilgan 2 oy muddat tugashidan oldin boshlanishi mumkin. Bunda agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga tegishli bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran 3 oy muddat ichida yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.

 

Patent berish muddati seleksiya yutugʻi roʻyхatga olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan e’tiboran 6 oydan 10 ish kuni oʻtgachgacha qisqartirildi.  Patent berilishiga e’tirozlar qabul qilinmaydi.

 

Seleksiya yutugʻi uchun patent qanday tiklanadi

 

Patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan seleksiya yutugʻi patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. U patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran 3 yil ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Intellektual mulk agentligiga (IMA) topshiriladi.

 

Iltimosnomaga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

 

Seleksiya yutugʻi patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sana oraligʻidagi davrda seleksiya yutugʻidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik koʻrgan shaхs undan kelgusida bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.

 

Muddatlar qanday hisoblanadi?

 

Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunda aniqlashtirilishicha,  ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish IMA tomonidan talabnoma berilgan sanadan e’tiboran 7 oy ichida, biroq kamida 6 oydan keyin oʻtkaziladi.

 

Quyidagi muddatlar ish kunida hisoblanadi:

  • tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun (3 ish kuni);
  • tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berish (10 ish kuni);
  • hammaga ma’lum tovar belgisiga guvohnoma berish (10 ish kuni).

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz