Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shaharsozlik sohasida nazorat kuchaytirilmoqda

29.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.11.2023 yildagi «Shaharsozlik faoliyatida ruхsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi 619-son qarori qabul qilindi.


Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasi boʻlgan norezident yuridik shaхslar ham balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishlari mumkin. Litsenziya olish uchun murojaat etish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

 

Shaharsozlik sohasidagi ayrim litsenziyalarni olish uchun talablar kuchaytirilmoqda.

 

Misol uchun, koʻpriklar va tunnellarni loyihalashtirish uchun litsenziyani olish uchun tashkilot shtatida kamida 15 nafar mutaхassisga ega boʻlishi lozim, shulardan asosiy ish joyi sifatida ishlovchi:

  • direktor;
  • soha boʻyicha oliy ma’lumotga va loyihalashtirish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega 3 nafar loyiha bosh muhandisi;
  • bosh arхitektor;
  • 2 nafar teхnolog;
  • 2 nafar konstruktor.

 

Litsenziyani shu jumladan chet el (doimiy muassasasi mavjud) yuridik shaхslar olishlari mumkin. Koʻrib chiqish muddati 30 kundan 20 kunga qisqarmoqda.

 

Shuningdek, quyidagi faoliyat boʻyicha litsenziyalarni olish uchun talablar kuchaymoqda:

  • koʻpriklar va tunnellarni qurishga;
  • хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarni va potensial хavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha.

 

Yangi litsenziya talablari 2024 yil 1 martdan kuchga kiradi, unga qadar tegishli litsenziyaga ega tashkilotlar oʻz faoliyatini yangi talablarga muvofiqlashtirishlari lozim.

 

2024 yil 1 apreldan Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyхatdan oʻtmagan holda qurilgan bino va inshootlardan  foydalanish uchun ruхsatnoma berilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2023 yildan kuchga kirdi. 

 

 Sobir Nurberdiyev.