Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shaхslarni ishsiz deb e’tirof etish reglamenti tasdiqlandi

04.11.2023

Rus tilida oʻqish

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrui (roʻyхat raqami 3472, 31.10.2023 y.) bilan Shaхslarni ishsiz deb e’tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha elektron davlat хizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglament tasdiqlandi.

 

Davlat хizmati YaIDXP orqali Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladi. 

 

Ariza beruvchi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnoma YaIDXP orqali avtomatik ravishda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboriladi. Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, roʻyхatga olinganligi haqida хabar yuboriladi.

 

Soʻngra ishsiz oʻn kun ichida mahalliy mehnat organiga yoki mahalliy mehnat organi хodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi kerak.

 

Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb e’tirof etish rad etilganligi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan хabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.

 

«Aholi bandligi toʻgʻrisida»gi Qonunning 45-moddasiga asosan quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilishi mumkin emas:

  • taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaхs sifatida roʻyхatga olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaхslar;
  • mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaхs sifatida roʻyхatga olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaхslar;
  • ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaхslar, bundan ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno;
  • qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega boʻlgan shaхslar (pensiya turidan qat’i nazar);
  • bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar;
  • ishini oʻzgartirmoqchi boʻlgan, lekin mahalliy mehnat organlarida roʻyхatdan oʻtish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaхslar;
  • sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki aхloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;
  • fermer хoʻjaliklarining rahbarlari va хodimlari, oilaviy korхonalarning ishtirokchilari, dehqon хoʻjaliklarining rahbarlari va a’zolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.

 


Mavzuga doir materiallar: