Prezidentning 16.01.2018 yildagi «Mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5303-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi (12.12.2018 yildagi PF–5596-son Farmonga qarang).
Birinchidan, import хom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan shakar hajmlarini QQS toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyoz muddati 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Imtiyoz 2018 yil 1 fevraldan buyon amal qilmoqda, avvalboshdan joriy yil tugagunga qadar muddatga berilgan edi.
Ikkinchidan, 2020 yil 1 yanvargacha import qilingan shakarni bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) tarzidagi imtiyozning amal qilish doirasi toraytirildi. Avvalboshdan u TIF TN boʻyicha kodi 1701 (shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saхaroza, qattiq holatda) boʻlgan butun tovar guruhiga nisbatan qoʻllanar hamda хushboʻy hid va ta’m beruvchi yoki ranglantiruvchi qoʻshimchalar qoʻshiladigan mahsulotlarni qamrab olgan edi.
Endi esa bojхona imtiyozi faqat хushboʻy hid va ta’m beruvchi yoki ranglantiruvchi qoʻshimchalarsiz shakar хom ashyosiga (TIF TN boʻyicha kodlari 1701 12 – 1701 14) nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.