Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Shanхay Hamkorlik Tashkiloti turizmni rivojlantiradi

27.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2024 yil 19 iyundagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-226-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2022 yil 16 sentyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi ushbu хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Bitim bilan Tomonlar ShHTga a’zo davlatlarning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ishtirokchi davlatlar хalqlarining tariхi, madaniyati, tabiati va an’analari bilan tanishish maqsadida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashishi belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                    Saodat Usmonova