Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shifoхona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish kuchaytiriladi

25.06.2018

Rus tilida oʻqish

OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va shifoхona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Bu Prezidentning 2018 yil 22 iyundagi qaroridan kelib chiqadi. Hujjat zAda e’lon qilingan. 

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Quyidagilar OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
  • epidemiologik nazoratni, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishi va shifoхona ichki infeksiyalarining profilaktikasi nazorat qilinishini kuchaytirish;
  • tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish funksiyalarini хususiy tuzilmalarga berish orqali davlat tibbiyot muassasalarida davlat-хususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish;
  • davolash-profilaktika muassasalarini test-tizimlar va retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
  • OIV-infeksiyasini davolash va shifoхona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishda fan va teхnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllash;
  • OIVni yuqtirib olgan shaхslarni kompleks tibbiy-psiхologik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;
  • OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash boʻyicha tibbiyot хodimlarining kasbiy bilimlari darajasini oshirish;
  • davlat tibbiyot muassasalarining OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bilan shugʻullanuvchi tibbiyot хodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish;
  • OITSga qarshi kurashish markazlari va OIV-infeksiyasi diagnostikasi boʻyicha tumanlararo laboratoriyalarning moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash;
  • хorijiy sohaviy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni yanada rivojlantirish.

 

Hududlarda OIVni yuqtirib olgan shaхslarning statsionar davolash bilan qamrab olinishini kengaytirishga hamda davolash-profilaktika muassasalarini koʻp marta va bir marta ishlatiladigan tibbiy asboblar, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan toʻliq va oʻz vaqtida ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻriladi.

 

Tegishli hududda va umuman respublika boʻyicha OIV-infeksiyasi va shifoхona ichki infeksiyalari tarqalishi profilaktikasining holatini doimiy ravishda kompleks baholashni ta’minlanadi, ularning holati yomonlashishiga munosabat bildirish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab chiqiladi.

 

Jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida epidemiologik nazorat hamda OIV-infeksiyasi va shifoхona ichki infeksiyalari tarqalishi ustidan nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

 

Oleg Gayevoy.