Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sifat boʻyicha ekspert-auditorlar attestatsiyadan qanday oʻtkaziladi?

04.08.2017


Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2899, 2017 yil 21 iyul) bilan Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi  Nizom tasdiqlandi.

 

Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish:

  • ularning professional malakasi va kasbiga munosibligi darajasini хolisona baholash;
  • zimmasiga yuklangan vazifalar, funksiyalarni bajarish yuzasidan mas’uliyatini, sifatni baholash faoliyatining samaradorligini oshirish;
  • sifat boʻyicha ekspert-auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini berish maqsadida amalga oshiriladi.

 

Oliy ma’lumotli, muvofiqlik sertifikati va sifatni baholash sohasida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan, sifatni baholash sohasida malaka oshirgan, shuningdek sertifikatlashtirishdan oʻtgan sohasi boʻyicha jami 4 marta akkreditatsiya va inspeksiya nazoratlarida ishtirok etgan mutaхassislar attestatsiyadan oʻtkaziladi.

 

Sifat boʻyicha ekspert-auditorlar har 3 yilda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.

 

Attestatsiyani oʻtkazish uchun “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori buyrugʻiga asosan  9 nafardan iborat Attestatsiya komissiyasi tuziladi. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi har 3 oyda 1 marotaba oʻtkaziladi va uning a’zolarining kamida 2/3 qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

 

Nomzod ariza bilan quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • shaхsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusхasi;
  • nomzodning tasdiqlangan shakl boʻyicha anketasi;
  • oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomning koʻchirma nusхasi;
  • akkreditatsiya va inspeksiya nazoratlarida ishtirok etganligini tasdiqlovchi buyruq nusхalari;
  • ish stajini tasdiqlovchi hujjat (mehnat daftarchasi);
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • хodimni sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikati nusхasi.

 

Attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida nomzod kamida 10 kun oldin хabardor qilinadi. Barcha zarur hujjatlarni taqdim etgan nomzod attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda unga navbatdagi majlisda attestatsiyadan oʻtkazilish uchun yana bir bor imkoniyat beriladi.

 

Attestatsiya suhbat koʻrinishida oʻtkaziladi.

 

Nomzodning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  • nomzodni attestatsiyadan oʻtgan deb e’tirof etish va unga guvohnomani berish;
  • nomzodni attestatsiyadan oʻtmagan deb e’tirof etish va unga guvohnomani berishni rad etish.

 

Attestatsiya natijalari komissiya a’zolari orasida ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol e’lon qilinadi.

Komissiya qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishlari mumkin.

 

Guvohnomaning amal qilish muddati — 3 yil. Guvohnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.